Janubiy Qozog‘istonda 350 nafar o‘smir qiz homiladorlik bo‘yicha ro‘yxatda turadi. Bu haqda mamlakat prezidenti huzuridagi Ayollar va oila demografiyasi siyosati bo‘yicha milliy komissiya a’zosi Beksulton Tutkushevning ma’lumoti asosida “Vlast” internet-jurnali xabar beradi.
Tutkushev voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi muammolar oiladan kelib chiqishini ta’kidladi. U ota-onalarga bolalarini e’tiborli bo‘lib kuzatishni, ularga tarbiya berishni va ko‘proq suhbatlashib turishni tavsiya qildi.
Qozog‘istonda 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida barvaqt homilador bo‘lish, tug‘ish va abortlar soni ko‘payganligi qayd etilmoqda.
Izoh (0)