Dunyo bo‘yicha eng ommabop musiqiy janr xip-xop ekanligi aniqlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” Spotify musiqiy xizmati ma’lumotlariga tayanib.
Spotify musiqiy xizmati o‘zining foydalanuvchilari tanlovini tahlil qilib chiqib, dunyoning interaktiv musiqiy xaritasini chop etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xip-xop qo‘shiqlari, geografik joylashuvdan qat’iy nazar, pleylistlarda boshqa musiqiy janrlarga qaraganda ko‘proq uchraydi.
Spotify musiqiy xizmati 2008-yilning oktabr oyidan ishga tushgan. Uning ma’lumotlar bazasi 20 milliarddan ortiq treklardan iborat bo‘lib, ular har oyda ikki marta yangilab turiladi. Spotify obunachilari soni 20 million kishini tashkil etadi.
Izoh (0)