Namangan viloyati Uychi tumani Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori tovlamachilikda ayblanib qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Voqea 2014-yil may oyida Uychi tumanida sodir bo‘lgan. Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman prokuraturasi tomonidan 2014-yil 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2014-yil 26-avgustda jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudida sobiq xodim tovlamachilik jinoyatini sodir etganligi o‘z tasdig‘ini topib, 165-modda 1-qismiga asosan jazo tayinlangan.
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan kelgan maktubga asosan, xabarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Izoh (0)