Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Pensilvaniya shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi, jumladan, 9 yoshli bola halok bo‘ldi. “TASS” xabariga ko‘ra, hodisa natijasida yana besh kishi jabrlangan.

Foto: “goerie.com”

Foto: “goerie.com”
Mahalliy politsiyadan ma’lum qilishlaricha, pochta xizmatining yuk mashinasi yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqqan va olti kishidan iborat oila ketayotgan ot-aravaga borib urilgan.

Xabar berishlaricha, ona va farzandlardan biri voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan. Oila boshlig‘i — ota va 11 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan uch nafar bola kasalxonaga yotqizilgan.

Yuk mashinasi haydovchisi ham jarohat olgani aytilmoqda. Politsiya mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi