Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zining tasmasida yangiliklarni boshqarish bo‘yicha uskunalar to‘plamini kengaytirdi. Bu haqda Wired xabar beradi. Foydalanuvchilar kimning yangiliklarini birinchi navbatda ko‘rmoqchi ekanligini tanlashi mumkin. See first ilovasi (vkladka) orqali ular do‘stlari ro‘yxatidan va sahifalar ichidan qiziqarlirog‘ini tanlab, ketma-ket joylashtirib chiqishi mumkin.
O‘zgarishlar a’zo bo‘lish sozlamasiga ham tegishli bo‘ldi: Facebook postlari foydalanuvchilarga qiziqarli bo‘lmagan kishilarning sahifasiga a’zo bo‘lmaslikni taklif qiladi. Yana alohida ilova esa avval bekor qilingan yozishmalarni tiklash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy tarmoq tavsiya etadigan sahifalar alohida ilovada aks etadi. Undagi takliflar foydalanuvchining xohishi va unga ma’qul bo‘lgan sahifalar tahlili asosida tayyorlanadi.
O‘zgarishlar Facebook’ning iOS dasturlarida 9-iyuldan, Android qurilmalarida esa bir necha haftadan so‘ng yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh (0)