Bangladeshda tekin kiyim tarqatilayotganda yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Avvalroq politsiya 17 kishining o‘limi haqida xabar bergan edi.
Hodisa mamlakat shimolidagi Mimensingx shahrida yuz berdi. Kiyim-kechak tarqatilayotgan fabrikaga yuzlab odamlar tor darvozadan kirishga uringanda tiqilinch yuzaga keldi. Shahar politsiyasi boshlig‘i Moynul Xakning so‘zlariga qaraganda, qurbon bo‘lganlarning ko‘pchiligi ozib ketgan kambag‘al ayollar bo‘lgan.
Politsiya hodisa joyiga yetib kelgunga qadar halok bo‘lganlarning qarindoshlari bir nechta jasadlarni olib ketganligi tufayli qurbon bo‘lganlar soni yana ortishi mumkin.
Izoh (0)