WikiLeaks asoschisi Julian Assanj AQSh Milliy xavfsizlik agentligi Lotin Amerikasi xabarlarining 98 foizini tutib qolayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Bundan tashqari Assanj Google va Facebook kompaniyalarining MXAga ma’lumotlarni ushlab qolishda yordam berayotganini ta’kidladi.
“Ular AQShda joylashganligi sababli ushbu davlatning yurisdiksiyasi ostidadir. Jinoyat qonunchiligi ularni to‘playotgan ma’lumotlarni topshirishga majbur qiladi”, — deydi Assanj.
Izoh (0)