Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ugandada rasman eng xunuk erkak deb tan olingan fuqaro sakkizinchi marta ota bo‘ldi, deya xabar bermoqda Metro.

Foto: metro.co.uk

Foto: metro.co.uk

47 yoshli Godfri Baguma va uning 30 yoshli rafiqasi Keyt Namanda qiz farzand ko‘rdi. Chaqaloq oiladagi oltinchi bola bo‘ldi. Yana ikki farzandi Bagumaning birinchi nikohidan tug‘ilgan.

Fanga noma’lum kasallikka chalingan Baguma etikdo‘z bo‘lib ishlagan va 2002-yilda oilasi uchun pul topish maqsadida Ugandadagi eng xunuk erkak nomi uchun o‘tkazilgan tanlovda qatnashgan.

Tanlovda yutib chiqqach, erkak o‘z kasbini o‘zgartirdi va qo‘shiqchi bo‘ldi. Sahna uchun u Ssebabi taxallusini tanladi.

Baguma birinchi xotinini xiyonatda ayblab, u bilan ajrashdi. So‘ng Namanda bilan tanishdi va 2008-yilda ularning birinchi farzandi tug‘ildi.

Ayni paytda Baguma o‘z konsertlarida qo‘shiq kuylab va stend-ap janridagi hajviy chiqishlar qilib, oilasini pul bilan ta’minlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)