Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kot-d’Ivuarda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 50 ga yaqin qullikdagi bolalar ozod etildi, 22 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “RIA Novosti” Interpolning rasmiy saytiga asoslanib xabar beradi.

Foto:

Foto: "RIA Novosti"

200 dan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirok etgan ushbu maxsus operatsiya mamlakatning janubi-g‘arbidagi San-Pedro viloyatida 1-iyundan 6-iyunga qadar o‘tkazildi.

“5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ularning sog‘lig‘i uchun xavfli sharoitlarda ishlagan. Bir yilgacha dalalarda ishlagan bolalar har kuni ko‘p soatlab mehnat qilganligiga qaramay, buning uchun ish haqi yoki ta’lim olmagani to‘g‘risida tergovchilarga so‘zlab berdi”, — deyiladi xabarda.

“Akoma” operatsiyasi Interpol va Xalqaro migratsiya tashkiloti ko‘magida G‘arbiy Afrikada bolalar savdosi va ekspluatatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan bir qator operatsiyalarning oxirgisidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi