Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport saroyida boks bo‘yicha 1999—2000-yillarda tavallud topgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”
E’tiborlisi, 13 ta vazn toifasidagi final uchrashuvlarining barchasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari oltin medal uchun bahsga kirishdi. Bu ham o‘z navbatida O‘zbekiston boks maktabidan yangidan-yangi iqtidorlar kamolga yetayotganligidan darak beradi.
Yakunda 7 ta oltin, 6 ta kumush medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi.
Izoh (0)