Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov 8-iyun kungi mashg‘ulotlardan so‘ng qisqacha intervyu berdi, deb xabar qiladi “Championat.asia”.

Mirjalol Qosimov. Foto: stadion.uz

Mirjalol Qosimov. Foto: stadion.uz

“8-iyundan boshlab yig‘ildik va mashg‘ulotlarni boshladik. Yig‘inga 24 futbolchini jalb etgandik. Biroq Server Jeparov Koreya chempionatida jarohat olib qolganligi bois 23 nafar futbolchi bilan tayyorgarlikni davom ettiramiz. Rejaga ko‘ra, bir haftalik yig‘in tashkil etganmiz. Jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichi boshlanish arafasida turibdi. 16-iyun kuni KXDR bilan dastlabki tur o‘yinini boshlab olamiz. Biz KXDR bilan bo‘ladigan bellashuvga Eron bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik bahsi orqali tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz joy olgan guruhni oson deb bo‘lmaydi. Bizning oldimizda turgan asosiy maqsad guruhda birinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga yo‘l olish. Tayyorgarliklarimiz yomon emas”, — deya gap boshladi Mirjalol Qosimov.

- Himoya chizig‘i xususida gapirib o‘tsangiz. Bu yilgi mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan Sherzod A’zamov terma jamoaga jalb etilmadi...- Hozircha tarkibda yangi futbolchilardan Ikrom Aliboyev qo‘shildi. Aliboyev ilk bor terma jamoa bilan birgalikda mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Ayni paytda tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirib, bir qator futbolchilarni sinab ko‘radigan vaqt emas. Qisqa muddat ichida KXDR bilan bo‘ladigan bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Shu bois terma jamoa safida o‘ynash tajribasiga ega Yegor Krimets, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shavkat Mullajonov va Anzur Ismoilovlarni jalb etdik. Sherzod A’zamov yaxshi o‘ynashda davom etib harakat qilaversa kelajakda terma jamoa safidan o‘rin olishi mumkin. Buni vaqt ko‘rsatadi.

- Jalb etilgan darvozabonlarning ikkitasi, ya’ni Ignatiy Nesterov va Akbar To‘rayev hozirgi kunda o‘z klubida asosiy kiper hisoblanishmayapti va ular o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Faqatgina Eldor Suyunov o‘z jamoasida muntazam maydonga tushib kelmoqda. Asosiy tarkibda qaysi darvozabonni o‘ynatish rejangiz bor?- Terma jamoaning yuki og‘ir. Shu boisdan biz tajribasi bor darvozabonlarimizni terma jamoaga chaqirganmiz. Qisqa vaqt ichida rasmiy o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Mashg‘ulotlar jarayonidan kelib chiqib darvozabonalarimizdan birini KXDRga qarshi o‘yinda maydonga tushiramiz. To‘g‘ri, Ignatiy Nesterov o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Biroq ushbu posbon faoliyati davomida juda katta o‘yinlarda, xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushgan va bu borada juda boy tajribaga ega. KXDR bilan bo‘ladigan bellashuvda Eldor Suyunov yoki Ignatiy Nesterovni maydonga tushiramiz. Asosiy raqobat ushbu ikkala darvozabon o‘rtasida kechadi. Bu ko‘pincha tayyorgarlikka bog‘liq. Kim tayyor bo‘lsa, o‘shanga ishonamiz. Bu o‘yinga yaqin ma’lum bo‘ladi. Bizda nazorat uchrashuvlari, tayyorgarlik uchun ikki haftalik yig‘inlar yo‘q. Qisqa fursatli yig‘inlarda yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish muammo. Ularni sinab olish uchun avvalo ko‘proq nazorat va o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etish zarur. Barcha harakatlarimiz va qilayotgan ishlarimiz g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand etish uchundir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi