Andijon shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova juftliklar musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) turkumiga kiruvchi mazkur xalqaro turnirda o‘ndan ziyod davlatdan kelgan yuz nafarga yaqin raketka ustasi yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Qizlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida ishtirok etgan O‘zbekistonning birinchi raketkasi yaponiyalik sherigi Xiroko Kuvata bilan barcha uchrashuvlarni o‘z foydasiga hal etdi. Ushbu juftlik final bahsida rossiyalik tennischilar Veronika Kudermetova va Kseniya Likina bilan kuch sinashib, 4:6, 7:6, 11:9 hisobida g‘alaba qozondi.
Izoh (0)