Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Onlayn-o‘yinlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan NetDragon Websoft kompaniyasi asoschisi Lyu Deyan “Star Trek” fantastik serialidagi “Enterprayz” yulduz kemasi ko‘rinishidagi ofisni qurdirdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.

Foto: Korrespondent.net

Foto: Korrespondent.net

Ofis yulduz kemasining haqiqiy o‘lchamlari asosida qurilgan – uning uzunligi 260 metrni tashkil etadi. Ushbu loyihani hayotga tatbiq etish uchun 43 yoshli magnat 600 million yuan (97 million dollar) sarfladi.

Ofisni qurish uchun kompaniya serial huquqlariga egalik qiluvchi CBS telekompaniyasidan yulduz kemasining shaklidan foydalanish uchun ruxsat olishiga ham to‘g‘ri keldi.

“Enterprayz” ofisida NetDragon Websoft’ning barcha xodimlari ish olib boradi. Kompaniya ko‘p foydalanuvchili ko‘plab onlayn-o‘yinlar (Transformers Online, Heroes of Might and Magic Online va boshqalar)ning ishlab chiquvchisi, shuningdek, mobil ilova-dasturlar yaratauvchisi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi