Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Air Astana aviakompaniyasi o‘z hamkorlari va Amerikaning O‘zbekistondagi savdo palatasi (AO‘SP) vakillarini 2015-yil 19-may kuni faoliyati boshlanganining 13 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiriga taklif etdi, deb xabar qiladi aviakompaniya.

Foto: mytashkent.uz

Foto: mytashkent.uz

Tadbir Toshkentdagi Radisson BLU Hotel mehmonxonasidagi “Yashil bog‘” restoranida nishonlandi.

Air Astana’ning taklifiga binoan diplomatlar, chet el korporatsiyalari rahbarlari, jurnalistlar va kompaniya hamkorlaridan iborat 100 dan ortiq mehmon marosimga tashrif buyurdi.

Bayramning eng aziz mehmonlaridan biri – “Yalla” ansambli rahbari Farruh Zokirov bo‘ldi. Farruh Zokirov Air Astana’ga ajoyib servis uchun minnatdorchilik bildirdi va o‘zining bir nechta mashhur qo‘shiqlarini ijro etdi.

Kechada Toshkent — Olma-Ota — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2 kishilik bepul chiptaga lotereya o‘ynaldi.

Air Astana o‘zining birinchi doimiy reysini 2002-yil 15-mayda amalga oshirgandi. Ayni vaqtda xalqaro va ichki reyslarni amalga oshiruvchi 60 dan ortiq yo‘nalish tarmoqlariga ega. Aviakompaniya Boeing 767-300ER, Boeing 757-200, Airbus A320 va Embraer E190 rusumli 30 ta samolyotga ega. Air Astana MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida birinchi bo‘lib Skytrax xalqaro agentligi tomonidan 4 ta yulduzga loyiq topildi. Bundan tashqari, 2013 va 2014-yillarda tegishlicha, Markaziy Osiyo va Hindistonda eng yaxshi aviakompaniya nomini qo‘lga kiritdi. 2015-yil fevralida nufuzli AirTransportWorld mukofoti laureatiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)