Forbes ro‘yxatida 25-o‘rinda turadigan amerikalik investor Karl Aykanning tviti Apple aksiyalari narxini 1,1 foizga yoki 8,35 milliard dollarga oshirdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
18-may kuni Aykan kompaniya aksiyalarining haqiqiy bahosi birgina qimmatbaho qog‘oz uchun 240 dollarni tashkil etishi kerakligini ta’kidlagandi.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil oxiriga kelib Apple aksiyalarining 0,9 foizi Aykanga tegishli bo‘lgan. Demak, Aykan tvit orqali 75,9 million dollar ishlab olgan.
CNBC telekanali Apple aktivlarini nazorat qilish orqali Aykanning umumiy daromadi 3,4 milliard dollarga oshganini qayd etdi. Aykan Apple’ga birinchi marta 2013-yil 13-avgustida investitsiya kiritgandi.
Izoh (0)