Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iordaniya olimpiya (U-22) terma jamoasi “B” saralash guruhida Qirg‘izistonni yirik hisobda mag‘lub etdi (4:0) va o‘zbekistonliklarning umidini so‘nggi turga qoldirdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, iordaniyaliklar o‘z hisoblaridagi ochkolarni 6 taga yetkazdi. To‘plar nisbati — 9:0. Kuvayt esa bugun Pokiston ustidan 2:0 hisobida zafar quydi va o‘z ochkolarini 4 taga yetkazdi.

So‘nggi turda Iordaniya va Kuvayt jamoalari to‘qnash kelishadi. Kuvaytliklar qit’a chempionatiga chiqishlari uchun 3-turda faqat g‘alaba qozonishlari kerak. Iordaniyaliklarni esa so‘nggi turda hattoki 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat ham Osiyo chemponatiga olib chiqadi.

Bizga esa durang yoki Iordaniyaning g‘alabasi kerak. Demak, taqdirimiz Iordaniya qo‘lida. Ular feyr-pleyga amal qilib, Kuvaytga yutqazishmasa, biz Qatarda o‘tadigan OChga boramiz. Aks holda Rio—2016 yo‘llanmasi umidi butunlay so‘nadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi