Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonda yaqin kelajakda halol kurort ochishga va’da berilmoqda. Kurortda musulmonlarning ovqatini tayyorlash bo‘yicha barcha standartlarga amal qilinadi, har bir xonada joynamoz bo‘ladi, sohil esa erkaklar va ayollar uchun alohida bo‘ladi, deb xabar beradi “Nur.kz”.

Foto: nur.kz

Foto: nur.kz

“Bizning mamlakatimizda musulmonlar uchun mo‘ljallangan turizm yo‘q, shuning uchun bu Qirg‘iziston uchun butunlay yangi yo‘nalish. Ayni vaqtda biz birinchi halol dam olish markazini ochyapmiz, bu yerda shariatning barcha qoidalariga amal qilinadi. Pansionat sayyohlik mavsumi arafasida o‘z ishini boshlaydi”, — dedi halol kurort bosh direktori Doniyor Isoqov.

Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, pansionatning har bir xonasida joynamoz va Qur’on bo‘ladi. Alkogol mahsulotlari esa pansionatga kiritilmaydi. Dam olish markazida har tomonlama qulay bo‘lgan 8 ta xona va 2 ta VIP xona, qahvaxona, bolalar uchun o‘yingoh bo‘ladi. Trenajyor zalini qurish ham rejada bor.

Halol dam olish markazi Issiqko‘l tumanidagi Korumdu qishlog‘ida joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi