Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Dream Walker jamoasi ishtirokchilari boshqa professional sportchilar bilan birgalikda dunyodagi eng baland turar-joy inshooti hisoblangan Dubaydagi Princess Tower osmono‘par binosidan ommaviy ravishda sakrashni amalga oshirdi. Jamoaning Facebook’dagi sahifasida binodan 80 soat davomida 558 kishi sakragani qayd etilgan.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Dubayning SkydiveDubai va XDubai kompaniyalari hamkorligida tashkillashtirilgan bu tadbirda voqea ishtirokchilari tizzaband, tirsakband va bosh kiyimni ham o‘z ichiga olgan maxsus kiyim-bosh kiyishdi. Portativ videokameralar yordamida tayyorgarlik va sakrash jarayoni to‘liq suratga olindi.

YouTube tarmog‘iga 28-aprelda joylangan yakuniy videorolik million martadan ortiq tomosha qilindi.

https://youtu.be/Fhskvloj1gE

Dubay Marina tumanidagi odam yashashi uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng baland Princess Tower binosi 101 qavatdan iborat va 763 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, uzunligi 414 metrni tashkil qiladigan inshootning 957 ta mashinaga mo‘ljallangan yerosti avtoturargohi bor. Binoni qurish ishlari 2012-yilda yakunlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar