Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya Bundesligasining 2014/15-yilgi mavsumi yakunlanishiga 4 tur qolganida Myunxenning “Bavariya” klubi muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.

Foto: football.ua

Foto: football.ua

“Bavariya” 30-tur o‘yinini 25-aprel sanasida o‘tkazib, “Gerta” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Myunxenliklarning eng yaqin ta’qibchisi “Volfsburg” 26-aprel kuni Menxengladbaxning “Borussiya” klubiga imkoniyatni boy berdi. “Bo‘rilar” chempionat tugashiga 4 tur qolganda “Bavariya”dan 15 ochko qolib ketgan holda oltin medallarni qo‘lga kiritish imkoniyatidan butkul mahrum bo‘lishdi. Shu tariqa, Xosep Gvardiola shogirdlari muddatidan oldin chempionga aylandi.

Bu “Bavariya” tarixidagi 25-chempionlik unvonidir. Klub 3 yildan beri mamlakatda muddatidan oldin oltin medallar masalasini hal qilmoqda. 2013/14-yilgi mavsumida Myunxen jamoasi 2-o‘rindagi klubdan 19 ochko, 2012/13-yilgi mavsumda esa eng yaqin ta’qibchisidan 25 ochko ko‘p to‘plagan.

Germaniya chempioni ushbu mavsumda “oltin trebl”ni qo‘lga kiritishi mumkin. Jamoa Germaniya va Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqqan. Yevropaning klublar miqyosidagi eng nufuzli turnirining yarim finalida “Bavariya” “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila: Qirg‘izistonda deputatlar maoshini zilzila qurbonlariga yordam uchun o‘tkazmoqchi
Dunyo
Bayden kelgusi prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqidagi savolga javob berdi
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi