“Barselona” futbol klubining birdaniga o‘n nafar futbolchisi kutilmaganda doping tekshiruvidan o‘tkazildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Ispaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, Kataloniya jamoasining juma kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlariga UEFA delegatsiyasi tashrif buyurgan.
Doping tekshiruviga ter Shtegen, Pike, Rakitich, Buskets, Xavi, Inyesta, Suares, Messi, Dani Alves va Alba jalb qilingan.
Qayd etishlaricha, UEFA ko‘pdan beri bunday ommaviy va kutilmagan doping-tekshiruvlarini o‘tkazib turadi.
Izoh (0)