Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Angliya chempionatining 2014/15-yilgi mavsumi laureatlarini e’lon qildi, deb xabar beradi “Sport-express.ru”.

Foto: eurosport.ru

Foto: eurosport.ru

Angliya Premyer-ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar topildi.

“Tottenhem” hujumchisi Xarri Keyn yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi.

Bundan tashqari yilning ramziy terma jamoasi ham e’lon qilindi. Ushbu termaga eng ko‘p — 6 nafar futbolchi “Chelsi”dan kiritildi.

APL 2014/15-yilgi mavsumi ramziy termasi:

Darvozabon: David de Xea (“Manchester Yunayted”);

Himoyachilar: Rayan Bertran (“Sautgempton”), Jon Terri, Gari Keyxill, Branislav Ivanovich (barchasi – “Chelsi”);

Yarim himoyachilar: Eden Azar, Nemanya Matich (ikkalasi – “Chelsi”), Filippe Koutinyo (“Liverpul”), Aleksis Sanches (“Arsenal”);

Hujumchilar: Xarri Keyn (“Tottenhem”), Diyego Kosta (“Chelsi”).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi