Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiya hukumati yo‘lovchi laynerlari uchuvchilari uchun eng yuqori yoshni 64 dan 67 yoshga ko‘tarishga qaror qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Bunday qaror Yaponiyada arzon avialiniyalar tez rivojlanib ketishi tufayli kadrlar yetishmovchiligi yuzaga kelgani uchun qabul qilindi. Bundan tashqari, Yaponiya hukumati tashuvchilarga tushayotgan yukning doimiy ravishda oshib borishidan jiddiy xavotirga tushdi, u Tokioda yozgi Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan 2020-yilda o‘z cho‘qqisiga yetishi kutilmoqda.

Yangi tavsiyalarga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan uchuvchilar qisqartirilgan grafik bo‘yicha ishlaydi, ularning parvoz soatlari boshqa uchuvchilarnikiga nisbatan taxminan 80 foizni tashkil etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi