Axir ustoz uchun o‘z shogirdining yutug‘i, g‘alabasidan ortiq faxr-iftixor bormi!?
Zarafshonlik 1-sonli o‘rta maktabning fizika o‘qituvchisi Nodira Ne’matovna Abdurahmonova eng baxtli insonlardan biridir. O‘z shogirdlarining yutug‘ini ko‘rish har bir o‘qituvchi uchun bu faxr va quvonchdir. Nodira Ne’matovnaning 9-sinf o‘quvchisi Sanjar Normurodov rus tilida ta’lim oluvchi o‘z tengqurlari o‘rtasida fizika fanining bilimdoni ekanini namoyish qilib, Cobo.uz tanlovining g‘olibiga aylandi hamda Lenovo noutbukini qo‘lga kiritdi.
Bu juda yaxshi, xo‘sh, axir Cobo.uz bizning hayotimizga ildam qadamlar bilan kirib kelmoqda-ku, Cobo.uz foydalanuvchilari va sovrindorlari kun sayin oramizda ko‘payib bormoqda-ku, deguvchilar ham topiladi...
E’tiborli tomoni shundaki, yutuq Sanjarga topshirilgach, u so‘z oldi hamda hammaning ko‘z oldida noutbukni (balki bu uning hayotidagi ilk bor “o‘zi ishlab topgan” moddiy boylikdir) unga bilim bergan aziz ustoziga sovg‘a qildi. Fikrimizcha, bu eng oliy tahsinga sazovor haqiqiy yigitcha ish bo‘ldi!!!
Sanjar Normurodov − 26 nafar g‘oliblardan biridir. Qayerda? Qachon? deysizmi?!
2015-yilning mart oyida Cobo.uz navbatdagi “Navro‘z - 2015” tanlovini o‘tkazdi. Cobo.uz tanlovi ishtirokchilari maktab fanlari bo‘yicha mamlakatimizdagi yetuk mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan dars ishlanmalarini mustaqil tarzda o‘rganib chiqadilar va aynan mana shu materiallar asosida tuzilgan testlarni yechadilar. Tanlov testlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan Cobo.uz foydalanuvchilari qimmatli sovrin egalariga aylanadilar.
Cobo.uz’ning navbatdagi tanlovi 2015-yilning 25-aprelidan 10-mayiga qadar o‘tkaziladi. Tanlovda O‘zbekiston maktablarining barcha 5−9-sinf o‘quvchilari, shuningdek, kollej, litsey hamda OO‘Y talabalari ishtirok etishlari mumkin. Bosh sovrin sifatida 12 ta noutbuk belgilangan. Yangi tanlov haqida mana shu yerda batafsil o‘qish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.