Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev to‘rt egiz farzand ko‘rgan oilani tabrikladi, deya xabar bermoqda “24.kg”.

Foto: uz24.uz

Foto: uz24.uz

U ushbu oilaga barcha zarur yordamni ko‘rsatish va ular uchun yashash sharoitlarini yaxshilash masalasini o‘rganib chiqishni buyurdi.

Davlat rahbari nomidan prezident apparatining ijtimoiy siyosat bo‘limi mudiri Gulmira Xudoyberdiyeva Guloyim Abdildayeva va Nurlan Zarnayevni to‘rt egizakli bo‘lgani bilan qutladi.

Eslatib o‘tamiz, 9-aprel kuni Bishkekdagi Onalik va bolalikni muhofaza qilish milliy markazining tug‘ruq uyida to‘rt egizak tug‘ilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqaloqlarning birinchisi – 2080 gramm, ikkinchisi – 2270 g, uchinchisi – 1770 g va to‘rtinchisi – 2591 g vaznda tug‘ilgan.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati ayni paytda ona va bolalarning salomatligi yaxshi va shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma’lum qilmoqda.

Qirg‘izistonlik ayolning uch nafar farzandi bo‘lib, endilikda u yetti farzandning onasiga aylangani aytilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi