Joriy yilning 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida “Tashabbus−2015” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi.
Unga ko‘ra, ko‘rik-tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
- Tuman (shahar) bosqichlari − 2015-yil 15-apreldan 23-aprelga qadar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari − 2015-yil 1-maydan 8-mayga qadar;
- Respublika bosqichi − 2015 yil 28−29-may kunlari ko‘rik-tanlovning ochilish marosimi va ko‘rgazmasi, 2015-yil 11-iyun kuni ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Izoh (0)