Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi fuqaroning uyida qo‘lbola isitish pechidan foydalanilib, nazoratsiz holda qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati.
Qayd etilishicha, yong‘in natijasida uyning 90 kvadrat metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro esa uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 5 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlandi. Yong‘in natijasida fuqaro tutundan dimiqib, halok bo‘ldi.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi ayol oshxonasidagi gaz plitasi jo‘mragidan sizib chiqqan gaz hidini sezmagan holda gugurt chaqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Chaqnash natijasida ayol kuyish tan jarohati olgan hamda uyning 20 kvadrat metr maydonda tomi va uy jihozlari yonib zararlandi.
Izoh (0)