AQSh hukumati Yaman hududida bo‘lib turgan yuzdan ortiq maxsus kuchlar harbiy xizmatchilarini olib chiqib ketishga qaror qildi, deb xabar bermoqda CNN.
Bu qaror mamlakatdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat keskin yomonlashgani tufayli qabul qilingan. AQSh maxsus kuchlari Yaman janubidagi Al Anad harbiy bazasida joylashib turibdi. So‘nggi 100 ga yaqin jangchi evakuatsiya qilingach, Yamanda AQShning birorta harbiy xizmatchisi qolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yaman poytaxti Sana shahridagi ikkita masjidda jangarilar o‘zini portlatishi oqibatida 137 kishi halok bo‘lgan, ushbu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga olgan edi.
Izoh (0)