JCh–2018 saralashi doirasida Pokiston va Yaman terma jamoalari o‘rtasida o‘tishi lozim bo‘lgan uchrashuv vaqti ortga surildi, deb xabar beradi “Uff.uz” FIFA saytiga tayanib.
Bunga sabab sifatida Pokistonning Lahor shahrida ro‘y bergan terrorchilik harakati ko‘rsatilmoqda. Fojia natijasida 14 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 70 kishi yaralangan edi.
FIFA tomonidan uchrashuv neytral maydonda o‘tkazilishi belgilab olingan. O‘yin vaqti va joyi keyinroq ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ilk uchrashuvda Yaman terma jamoasi 3:1 hisobida g‘olib chiqqan edi.
Izoh (0)