Rossiyada yangi yengil avtomobillarning sotilishi 2015-yil fevral oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,9 foizga kamaydi. Bu haqda Yevropa Biznes uyushmasining 10-mart kuni chiqarilgan press-relizida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Rossiyada 2014-yil fevral oyida 128 298 ta avtomobil sotilgan bo‘lsa, 2015-yil fevralida 78 228 ta yengil mashina sotilgan. Yangi avtomobillar sotilishida dastlabki 10 ta o‘rinni egallab turgan mashina rusumlarining to‘qqiztasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.
Lada avtomobilarining sotilishi 23 foizga, Hyundai 5 foizga, KIA 6 foizga, Nissan 45 foizga Renault 46 foizga, Toyota 40 foizga, Volkswagen 49 foizga, Skoda 12 foizga, Chevrolet 74 foizga, Daewoo (GM Uzbekistan) 64 foizga kamaygan bo‘lsa, Mercedes-Benz 18 foizga, BMW 6 foizga, Lexus 11 foizga, Porsche 119 foizga ko‘paygan.
Izoh (0)