Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Microsoft korporatsiyasi iOS, Android va Windows operatsion tizimlarida ishlovchi barcha mobil qurilmalarda qo‘llash mumkin bo‘lgan buklama klaviaturani chiqardi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

Foto: The Verge

Foto: The Verge

Aksessuar gadjetlarga Bluetooth orqali ulanadi, shu bilan birga uni biryo‘la ikkita qurilmaga ulash imkoniyati ham mavjud.

Klaviatura korpusi suv yuqtirmaydigan materialdan yasalgan, tasodifan to‘kilib ketgan qahva uning ishlashiga ta’sir qilmaydi. Yig‘ilgan holatda uning o‘lchamlari atigi 29,5×12,5 sm, qalinligi 5 millimetrga teng.

Klaviaturaning bir marta olgan zaryadi taxminan uch hafta ishlashga yetadi.

Qurilmaning narxi 99,95 dollar bo‘lishi e’lon qilindi, u sotuvga iyul oyida chiqadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi