Economist Intelligent Unit tomonidan tuzilgan yangi hisobotda Osiyo qit’asida joylashgan Singapur shahar-davlati dunyodagi yashash uchun eng qimmat shahar maqomini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda “Vesti Ekonomika”.
Bundan tashqari, Singapurdan keyingi to‘rt shahar − Parij, Oslo, Syurix va Sidney ham 2014-yildagi o‘rnini saqlab qolgan. Shuningdek, dastlabki o‘nlikdan Melburn, Jeneva, Kopengagen, Gonkong va Seul shaharlari o‘rin olgan.
Reytingni tuzishda oziq-ovqat, ichimlik, turar-joy, transport, kommunal xizmatlar, xususiy maktablar, dam olish kabi mahsulot va xizmatlardan iborat jamlanma narxlaridan foydalanilgan.
Izoh (0)