2015-yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining yuqori mansabdor shaxslari 9-Kengashida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Uchrashuvda ishtirokchi davlatlar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari qishloq xo‘jaligi sohasi va boshqa jabhalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)