Toshkentdagi “Ahmad Donish” bozori hududida 3170 dollarni noqonuniy ayirboshlashni mo‘ljallaganlar qo‘lga olindi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Ahmad Donish” buyum bozori hududida chet el valyutasini qonunga xilof tarzda ayirboshlashni yo‘lga qo‘ygan bir necha kishi qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Jumladan, ulardan biri 100 AQSh dollarini “qora bozor” hisobida bir fuqaroga sotayotganida qo‘lga olingan. Tadbirda huquqbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida 3170 AQSh dollari, 20 Angliya funt sterlingi va 3500 Qozog‘iston tengesi olib qo‘yilgan.
Odil sud ularning har biriga qilmishiga yarasha jazo tayinladi, deyiladi manbada.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar