Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining maoshini 10 foizga qisqartirmoqchi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Bu federal byudjet xarajatlarini takomillashtirish doirasida amalga oshirilishi mumkin. Peskovning ta’kidlashicha, bu qarorni Rossiya prezidenti shaxsan o‘zi qabul qilgan.
Avvalroq, Vladimir Putin Kreml ma’muriyati xodimlari maoshi 10 foizga qisqartirilishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)