Hindiston bosh vaziri Narendra Modining kostyumi sotilishidan tushgan pul Ganga daryosini tozalash dasturiga sarflanadi, deb xabar bermoqda The India Today.
Qayd etilishicha, Hindiston hukumati rahbari 25−27-yanvar kunlari AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvlarda kiygan pidjaki Surat shahrida kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. To‘q ko‘k rangdagi kostyumning ajralib turadigan jihati unda Narendra Modining ismi tushirilganidir.
Kolleksionerlardan biri ushbu kiyim uchun 14 million rupiy (226,5 ming dollar) taklif qilgan. Kimoshdi savdosiga Modi hukumat tepasida bo‘lgan vaqtda qabul qilgan 455 ta sovg‘a qo‘yilgan.
Izoh (0)