Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurorining “Huquq” nashri orqali ma’lum qilishicha, ko‘p vaqtini internetda o‘tkazishga odatlangan 18 yoshli qiz otasining tanbehlaridan to‘yib, uning joniga qasd qilgan.

Foto: pro-goroda.ru

Foto: pro-goroda.ru

Qayd etilishicha, aybiga iqror bo‘lgan qiz voqea sodir bo‘lishidan biroz avval telefonda gaplashayotganida otasining “kimga ilashding” deya tergab, so‘kib, yuziga 2 bor shapaloq tortib yuborishi uning sabr kosasini to‘ldirgan. Xonadondagilar uxlayotganidan foydalangan qiz ukasini aldab, do‘konga chiqarib yuborgach, otasi yotgan xonaga kirib, “bolta bilan bir marta bo‘yniga, qimirlaganida yana ikki bor boshiga” urgan.

Yon tomonda turgan seyfning kalitiga ko‘zi tushgan qiz boshqalar “begonalar kirib, o‘ldirib, pulni olib chiqib ketgan” deb o‘ylashi uchun seyfdagi pullarni olib, orqa hovliga o‘tgan va ularni hammomga yashirgan. Shundan so‘ng, onasini uyg‘otib, kimdir xonadondan yugurib chiqqani, dadasining xonasiga kirsa, hammayoq qonga belanganini ko‘rganini aytgan.

Bo‘yni, peshonasi chopilgan ota tezda qo‘shnilar bilan mashinada kasalxona tomon olib ketilgan. Biroq, qayd etilishicha, jabrlanuvchi kasalxonaga yetib bormagan: yo‘lda joni uzilgan.

Xonadonga yetib kelgan IIB, tezkor-tergov guruhi xodimlari harakati bilan aybdor topildi. Sud hukmi bilan nobakor farzand 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi