• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bahodir Davlatov: Qosimov OK−2015’da yoshlarga ishonch bildirishi kerak edi

    Sirdaryolik mutaxassis Bahodir Davlatovni ko‘pchilik yaxshi taniydi va uni yetarli salohiyatga ega murabbiy, deb biladi. Oliy ligada “Mash’al”ni ma’lum muddat boshqargan Bahodir aka keyinchalik “Yangiyer”ni oyoqqa turg‘azishda katta rol o‘ynadi, deb yozadi “Stadion.uz”.

    Foto: the-uff.com

    Foto: the-uff.com

    “Interfutbol.uz” yozishicha, bu klub tarqalib ketgani oqibatida Bahodir Boyjonovichning hozir majburiy ta’til o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda. Lekin u futboldan chetlanib ketmadi. Aytaylik, futbolimiz atrofidagi voqealarni hamon diqqat bilan kuzatib boryapti. Bahodir aka bilan suhbat jarayonida milliy jamoamizning Osiyo kubogi−2015’dagi ishtirokiga ham to‘xtaldik. Ya’ni avvalo, suhbatdoshimizning bu boradagi fikrlari bilan qiziqdik.

    − Osiyo kubogi bellashuvlarini katta qiziqish bilan kuzatdim, − deya gap boshladi Davlatov. − Tabiiyki, milliy jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni qoldirganim yo‘q. Shundan so‘ng barchasini tahlil qilib chiqdim ham. Ha, hozir murabbiy sifatida biror jamoada faoliyat yuritmayapman. Lekin haligacha bilimlarimni ishga solib, vaziyatlarni tahlil etib boraman. Ming afsuski, musobaqa terma jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Demoqchimanki, jamoamiz chorak finaldan o‘tishga qodir edi.

    − Umuman olganda, terma jamoa­mizdan qanday natija kutgandingiz?

    − Albatta, chempionlikni, loaqal finalga chiqishini. To‘g‘ri, Avstraliyadagi musobaqa Qatar−2011’dan ancha farqlanishi tayin edi. Zero, Osiyoda futbol tobora rivojlanmoqda va shunga yarasha kuchli terma jamoalar safi kengaymoqda. Kutilganidek, OK−2015 bir qator “syur­priz”larni taqdim etdi. Shunday bo‘lsa-da, vakillarimizdan kattaroq natija kutgandim.

    − Jamoamizning guruh bosqichidagi o‘yinlariga qanday baho berasiz?

    − Menimcha, guruh bahslarini yaxshi o‘tkazdik. Lekin Xitoy termasi bilan uchrashuvda ochiqchasiga xato qildik. G‘alati holat, yigitlarimiz gol urishganidan so‘ng tashabbusni raqibga shunchaki, berib qo‘yishdi. Xitoyliklar kuchiga to‘g‘ri baho berilmadi, chog‘i... Har­qalay, futbolchilarimizda umuman ishtiyoq sezilmadi. Xayriyatki, yigitlarimiz Saudiya Arabistoni termasiga qarshi kechgan bahs­da mutlaqo o‘zgarishdi. Futbolchilarimiz shu qadar faol bo‘lishdiki, raqib dovdirab qoldi. J. koreyaliklar bilan uchrashuvda ham xuddi shunday harakat kutgandim. Lekin tan olish o‘rinli, bu uchrashuvda vakillarimiz borlarini berib, to‘p surishdi.

    − Mutaxassis sifatida bu mag‘lubiyatni qanday izohlaysiz?

    − Qaytaraman, chorak finalda ja­moamiz yomon o‘yin ko‘rsatgani yo‘q. Ya’ni koreyaliklarga munosib qarshilik ko‘rsatildi. Buni o‘yin 4 ta bo‘limga cho‘zilganidan ham bilsa bo‘ladi. Qisqasi, Mirjalol Qosimov shogirdlari o‘yin bobida raqibdan qolishganlari yo‘q, faqat vaziyatlardan unumli foydalanmaslik pand berdi. Eh, yarim finalga chiqish uchun yaxshigina imkoniyat bor edi, faqat omad yetishmasligi natijasida yutqazib qo‘ydik. Umuman, Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Menimcha, muxlislar ham shunday fikr­da bo‘lsalar kerak.

    − Ko‘pchilik “Qosimov asosan yoshlarga tayanishi kerak edi”, degan xulosaga keldi. Bunga munosabatingiz qanday?

    − Ha, yoshlarga ishonish kerak. Cho‘chimasdan imkoniyat berilaversa, vaqti kelib samarasi ko‘rinadi. Osiyo kubogida boshqa terma jamoalar o‘yinlarini ham diqqat bilan kuzatib, shunga amin bo‘ldimki, iqtidorli yoshlar guruhi yetishib chiqmoqda. Misol uchun, BAA termasini olaylik. Bosh murabbiy yoshlarni bir necha yil davomida tarbiyalab keldi. Qarang, Amirliklar endi qanday o‘yin ko‘rsatishmoqda. Jamoa safida faxriylardan ko‘ra, yoshlar ko‘p. Mirjalol Qosimov ham yoshlarga ishonaversa, albatta, natija chiqadi. Shaxsan men shunday fikrdaman. Albatta, hammaning o‘ziga yarasha qarashi bor. Balki mening fikrlarim boshqalarga ma’qul kelmas, ammo tan olish joiz, futbolimiz kelajagi aynan yoshlarga bog‘liq.

    − Osiyo kubogida yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchilar sifatida kimlarni tilga olasiz?

    − Bir qator yoshlar yaxshi o‘ynashdi. O‘z jamoamizdan Sardor Rashidov yaxshi taassurot qoldirdi. U ayniqsa, Saudiya Arabistoni termasi bilan uchrashuvda o‘zini har tomonlama ko‘rsatdi. Bu yigitchada sezilarli o‘sish bor va shu tariqa davom etsa, kelajakda nafaqat terma jamoamiz, balki butun futbolimizning bosh yulduziga aylanishi mumkin. BAA termasi vakili Umar Abdulrahmon ham maqtovga loyiq. Uning texnikasi hayratga soldi. Koreyalik Son Xyon Min esa barchaga tanish. Garchi u bor mahoratini ko‘rsatolmagan bo‘lsada, baribir, ajralib turdi.

    12.02.2015, 09:56   Izoh (0)   3625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Giner: Usmonov Rossiya futbol ittifoqi yoki Tolstixga emas, butun Rossiyaga ko‘mak berdi

    09.02.2015, 23:43

    Italiyada kurash federatsiyasi tashkil etildi

    09.02.2015, 12:53

    O‘zbekistonlik kurashchi Osiyo sohil o‘yinlarida qo‘lga kiritgan oltin medalidan ayrildi

    09.02.2015, 10:28

    Vitaliy Mutko: “Usmonovdan kredit berishni men so‘radim”

    06.02.2015, 09:08

    Alisher Usmonov Rossiya termasi bosh murabbiyidan qarzdorlikni sharmandalik deb atadi

    06.02.2015, 08:57

    Kapellodan qarzdorlikning bir qismi Alisher Usmonov krediti yordamida to‘lanadi

    05.02.2015, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40

    “Real Madrid” yozda to‘rt futbolchi bilan xayrlashishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 08:10

    “Maktab qurish hokimiyat uchun boshog‘riq” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 12 iyul, 00:34

    “Bo‘lgan ishni ortga qaytarib bo‘lmaydi” — Ulug‘bek Rashitov

    Sport | 11 iyul, 23:36

    Tramp: Rossiyaga “nimadir bo‘ladi”

    Dunyo | 11 iyul, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.