Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Argentina Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Pablo Anselmo Tettamantini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: mfa.uz

Foto: mfa.uz

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Argentina muloqotining hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda munosabatlarni institutsionallashtirish va unga ko‘p qirrali hamkorlik tusini berish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan qator sohalarda o‘zaro aloqalarni kengaytirish uchun O‘zbekiston va Argentina ulkan salohiyat va amaliy imkoniyatlarga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi