Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatgan o‘z nomzodini ro‘yxatga olish uchun zarur hujjatlar taqdim qildi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo’yicha Respublika matbuot markazi xabar berdi.

Foto: elections.uz

Foto: elections.uz

2015-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatgan o‘z nomzodini ro‘yxatga olishni iltimos qilib partiya rahbarining tegishli arizasi, siyosiy partiya yuqori organining O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori, siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi, shuningdek partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, “Adolat” partiyasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda ta’kidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarni belgilangan muddatda tekshirib chiqadi va ularning qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova