10-fevral kuni Ostona shahridagi Dostik kochasida Qozog‘iston Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchisi podpolkovnik Arman Kaydarovich Sizdikov o‘tirgan Chevrolet rusumli avtomobil portlab ketdi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib “24.kg” xabar bermoqda.
Olingan jarohatlar tufayli 1975-yilda tug‘ilgan Sizdikov voqea joyida vafot etgan, boshqa hech kimga jabr yetmagan. Surishtiruv uchun tezkor qidiruv guruhi tuzilgan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, zarur tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Voqea joyida o‘limdan oldin yozib qoldirilgan maktub topilgan, terakt versiyasi bu holat uchun ko‘rib chiqilmayapti. Tafsilotlar keyinroq ma’lum qilinishi aytilgan.