Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Musulmonlar tashabbuskor guruhi Moskva ko‘chalarida ko‘chma masjidni harakatlantirish loyihasini amalga oshirish uchun kerak bo‘ladgian 1 million rubl miqdoridagi mablag‘ni yig‘ishni boshladi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: islam-today.ru

Foto: islam-today.ru

Masjid tahorat uchun alohida xona va kichik ibodat zalini o‘z ichiga oluvchi tirkamada bo‘ladi. Shuningdek, tirkamada oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi avtomat ham joylashtiriladi, unga tushgan mablag‘ hisobidan ko‘chma masjid xarajatlarini qoplash ko‘zda tutilgan.

Masjid xizmatlari bepul bo‘ladi: buning uchun saytda tegishli arizani qoldirish kifoya qiladi, ko‘chma masjid aytilgan joyga yetib boradi. Tashkilotchilar bu orqali zamonaviy shahardagi tig‘izlik va masjidlar sig‘imi kamligi sharoitida musulmonlarga o‘z vaqtida namoz o‘qish imkonini yaratishni rejalashtirgan. Ikkita ko‘chma masjiddan tashqari, ertalab aytilgan joyga borib, kechgacha qoladigan oltita turg‘un masjid yo‘lga qo‘yilishi ham ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya poytaxtida hozirda oltita masjid faoliyat ko‘rsatmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova