Ford kompaniyasining Michigan shtatida joylashgan Sterling Xayts sharidagi rasmiy dileri bo‘lmish Suburban Ford 2005-yildan buyon har kuni ishga borish uchun 33 kilometr piyoda yurgan 56 yoshli Jeyms Robertsonga yangi Taurus sedanini sovg‘a qildi, deb xabar bermqoda “Motor.ru”. Shuningdek, internetda Robertson uchun 350 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘plangan.
Roberston o‘zining 1988-yilda ishlab chiqarilgan Honda Accord avtomobili buzilib qolgach, uni ta’mirlashga puli bo‘lmagan va ishga piyoda qatnay boshlagan. Internet foydalanuvchilari bu haqda xabar topgach, unga mashina xarid qilish uchun 5 ming dollar to‘lashga qaror qilishadi. Biroq kutilganidan bir necha marta ortiq − 350 ming dollar to‘plangan.
Sovg‘a qilingan Taurus avtomobilining aniq texnik imkoniyatlari e’lon qilinmagan. Mashinaning 288 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan Limited versiyasi 34 ming dollar turadi. Shuningdek, buyurtma asosida 365 ot kuchiga ega SHO versiyasi 40 ming dollar evaziga tayyorlab berilishi mumkin.
Izoh (0)