Buxoro viloyatidagi “Romitan savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati novvoyxonasida 200 dona shirmoynon tayyorlash uchun 16 daqiqa kifoya qilmoqda, deb xabar berdi “Xalq so‘zi” gazetasi.
“Xorijdan 600 million so‘mlik mablag‘ evaziga zamonaviy texnologik liniya xarid qilganimizdan keyin non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ketadigan vaqt deyarli ikki baravar qisqardi. Ish to‘liq avtomatlashtirilgan. Unni elashdan tortib, zuvalani tayyorlash, o‘lchash, xullas, barcha yumushni “aqlli mashina”ning o‘zi bajaradi. Biz ayni paytda aholi dasturxoniga 8 turdagi mahsulotni tortiq etayapmiz”, — dedi korxona mutasaddilaridan biri Nodira Bozorova.
Izoh (0)