Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati musulmonlari Fransiyaning Charlie Hebdo gazetasida Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar haqida karikaturalar chop etilishiga norozilik aksiyasi sifatida aholini fransuz atirlaridan voz kechishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

“Butun hafta davomida hamma masjidlarda barcha musulmonlar Payg‘ambar (s.a.v.) qanday yashaganini bilishlari uchun Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hayotlari haqida ma’ruzalar qilinadi. Bunga deyarli barcha musulmonlar to‘planadigan juma namozi vaqtida alohida e’tibor qaratiladi”, − dedi Qorasuv tumani bosh masjidi imomi Suyun Kalikov.

Novqat tumanida hafta boshidan buyon 24-yanvar kuni O‘shda bo‘lib o‘tgan “Men payg‘ambarimni yaxshi ko‘raman” mitingi ishtirokchilari tomonidan aytilgan fransuz mahsulotlarini sotib olishga qarshi aksiya o‘tkazilmoqda. Markaziy bozorda faollar aholini fransuz parfyumeriya mahsulotlaridan voz kechishga chaqirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda