Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik va shoira ijodiga bag‘ishlangan maxsus veb-saytni takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Zulfiya. Foto: Samarkandnews.uz

Zulfiya. Foto: Samarkandnews.uz

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, xalq shoiri Iqbol Mirzo, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T. Norboyeva va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida O‘zbekiston milliy adabiyotida yorqin iz qoldirgan ijodkorlarning hayoti va boy merosini o‘rganishga qaratilayotgan doimiy e’tibor xalq, jumladan, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

Davlat rahbarining 2014-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda dasturilamal bo‘lmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda tegishli davlat, jamoat va ijodiy tashkilotlar hamkorligida qarorda belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Xususan, shoiraning “Saylanma” asarlari, “Zulfiya zamondoshlari xotirasida” kitobi va boshqa asarlar nashrga tayyorlanmoqda. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari, mahallalarda taniqli adib va shoirlar, fan va madaniyat namoyandalari ishtirokida shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan turkum uchrashuvlar, adabiy kechalar o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ham qator tashkilotlar bilan hamkorlikda yubileyni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha muayyan loyihalar amalga oshirilmoqda. Joylarda uyushtirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga aholi va yoshlar keng jalb etilmoqda.

Zulfiyaning serqirra faoliyati va adabiy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Saodat” jurnali qoshida maxsus ijodiy maktab tashkil etildi. O‘zbekistondagi qator teatrlarda shoiraning “Xotiram siniqlari” dostoni asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilinmoqda.

Shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim.uz” saytini takomillashtirish yuzasidan ham izchil ishlar bajarilmoqda. Ushbu saytda shoiraning hayot va ijod yo‘li, uning siymosi aks etgan surat va haykaltaroshlik namunalari, fotoalbomlar, audio va videofayllar, rassomlarning Zulfiya kitoblariga ishlagan illyustratsiyalari, qardosh xalqlar adiblarining shoiraga bag‘ishlangan asarlari, mustaqillik davrida Prezident rahnamoligida iste’dodli ijodkorga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining faoliyati ifoda etilgan ma’lumotlarni o‘quvchilarga taqdim etish rejalashtirilgan.

Tadbirda yubileyga tayyorgarlik, shoiraning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi saytni yaratishda turli tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova so‘zga chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi