Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik kimyoshunoslar qaynatib pishirilgan tuxumni yana xom holatiga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Oqsillarni parchalash va tuxumni suyuq konsistensiyaga aylantirish uchun olimlar unga karbamid (siydik tarkibida bo‘ladigan kristall modda) bilan ta’sir qildi, shundan so‘ng obyektning alohida bo‘laklarini maxsus qurilma yordamida bir butun qilib yig‘di.

Foto: dailymail.co.uk

Foto: dailymail.co.uk

Tuxum qaynatilganida oqsil moddalarining aynishi sodir bo‘ladi. Bunda moddaning ichki tuzilishi buziladi, protein bo‘laklari esa to‘planib, yanada kattaroq bo‘lakni hosil qiladi, shu tufayli oqsil oqaradi va qattiqlashadi. Biroq ushbu jarayonni orqaga qaytarish mumkinligi aniqlandi.

Tajribadan so‘ng tuxum iste’molga yaroqli holatda bo‘lgan-bo‘lmaganligi xabar berilmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi