NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Vladimir Putinning Ukrainada jang qilayotgan “NATOning ajnabiy legioni” haqida aytgan gaplarini “safsata” deb atadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Putin Donbassda Ukraina hukumati tomonida armiya emas, “NATOning ajnabiy legioni” jang qilayotganligini aytgan edi.
“Biz ‘Ukraina armiyasi, Ukraina armiyasi’ deyaveramiz. Aslida esa u yerda kim jang qilyapti? To‘g‘ri, qisman qurolli kuchlarning rasmiy bo‘linmalari ham bor, biroq jangda asosan ko‘ngilli milliy batalyonlar qatnashmoqda”, — degan edi u.
Izoh (0)