Navoiy shahrida viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Prezident rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
“Qariyb 8 milliard so‘m evaziga rekonstruksiya qilingan markazimiz eng so‘nggi tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi, — dedi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Baxtiyor Bozorov. — Xususan, bo‘limlarga zamonaviy tibbiy tekshiruv apparatlari va boshqa uskunalar o‘rnatildi. Yaqinda yana 3 million AQSh dollarilik jihozlar keltiriladi”.
Ayni kunlarda markazning maslahat poliklinikasi, terapiya bo‘limi ishlab turibdi. Hademay jarrohlik bo‘limi foydalanishga topshiriladi. Shunda bu yerda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari soni 50 nafarga ko‘payib, 200 ga yetadi.
Izoh (0)