19-yanvar kuni Instagram tarmog‘iga va ko‘plab saytlarga xonada Shohruhxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan unashtirilgani va tez orada, ya’ni fevral oyining oxirlariga to‘y ham belgilangani haqidagi xabarlar tarqalib ketdi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.

Foto: popcorn.uz

Foto: popcorn.uz

“Xullas, hali hech qanday aniq dalil bo‘lmasa-da, ayni kunda barchaning diqqat-e’tiborida bo‘lgan bu juftlikni o‘zlari xabarsiz qolgan holda unashtiruv va to‘y kunlari kimlar tomonidandir belgilab bo‘lindi. Bu xabarlarni eshitib kech bo‘lishiga qaramay xonanda va uning ish yurituvchisi bilan bog‘landik”, − deyiladi xabarda.

“Ayni damda diqqat e’tiborimiz faqatgina yaqinlashib kelayotgan konsert dasturida. Tuni bilan uxlamay faqat ijod qilish bilan bandmiz”, − dedi Shohruhxonning ish yurituvchisi Izzatilla.

Xullas, Shohruhxon tarqalgan mish-mishlarni inkor etmoqda. Xonanda hozircha hech narsani ayon qilayotgani yo‘q.