“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Krishtianu Ronaldu va yarim himoyachi Garet Beyl o‘rtasida tushunmovchilik yo‘q ekanligini aytdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Ispaniya chempionatining 18-turidan joy olgan “Espanyol”ga (3:0) qarshi uchrashuvda uelslik futbolchi ikki karra “Oltin to‘p” sohibiga to‘pni u gol urishi uchun uzatishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi. Beyl o‘zi tepishga qaror qildi va nishonga olishda adashdi. Ushbu vaziyatdan so‘ng portugaliyalik ochiq norozilik namoyish qildi.
“Albatta, muxlislar Beyl Krishtianu Ronalduga pas berishini xohlagandi, ammo u bunga qaror qilmadi. Albatta, bunday vaziyatlarda ochiqko‘ngil bo‘lish talab etiladi, ammo o‘zini o‘ylash haqida gapirish shart emas. Pashshadan fil yasamaslik zarur. Bu o‘yindagi vaziyat, xolos. Beyl va Krishtianu Ronaldu orasidagi munosabatlar juda zo‘r. Barchamiz bir maqsad — ‘Real’ uchun mumkin bo‘lgan barchasini qo‘lga kiritish sari ketayotganimizni eslash kerak”, — dedi Anchelotti.
Izoh (0)